Bloger Nilufar Hamidova maʼmuriy jazoga tortildi. Toşkent şahar sudlari iş yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Maʼlum qilinişiça, bugun jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudida 48 yoşli Nilufar Hamidovaga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Sudning qarori bilan u Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) böyiça aybli deb topilgan.
Nilufar Hamidovaga bu qilmişi uçun 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq blogerning Toşkent köçalarida olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videolavhasi eʼtirozlarga sabab bölgandi. U videolavha orqali nimani reklama qilgani yoki nima demoqçi bölgani maʼlum emas.
Holat yuzasidan içki işlar organlari suriştiruv ötkazib, blogerning xatti-harakatlariga huquqiy baho bergan. Uning özi qilmişi uçun keçirim söragan. “Uzr sörayman. Boşqa bunaqa kontentlarni çiqarmayman”, degan u.
Aprel oyida Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi 48-sonli maktabda Nilufar Hamidova iştirokida ötkazilgan tadbir ham eʼtirozlarga sabab bölgandi. Şundan söng Toşkent viloyati Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, masʼul şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş böyiça örganiş işlari olib borilayotgani hamda belgilangan tartibda tegişli çoralar körilişini maʼlum qilgandi.












