Prezidentning joriy yil 20-yanvardagi tegişli qarori asosida Özbekistonda ilk bor Infarkt va insultga qarşi kuraşiş Milliy dasturi qabul qilindi.
Unga köra, şu yilning 1-noyabridan Özbekistondagi umumtaʼlim maktablarida “Angels Initiative” xalqaro taşabbus taşkilotining “FAST - superqahramonlar” xalqaro taʼlim dasturi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Loyiha birinçi sinfdan törtinçi sinfgaça bölgan öquvçilarga möljallangan bölib, ilk bosqiçda Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi 7 ta hamda Samarqand şahar, Kattaqörğon va Iştixon tumanlaridagi 6 ta umumtaʼlim maktabida maşğulotlar taşkil etiladi.
Xalqaro hamkorlik doirasida işlab çiqilgan uşbu dastur Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Kanada, Gretsiya, Islandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Latviya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va Singapur kabi dunyoning 40 ga yaqin davlatida 2 million nafardan ortiq bolani qamrab olgan.
Özbekistonda “FAST - superqahramonlar” xalqaro dasturining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi işga tuşirildi. U orqali dasturga oid maʼlumotlar, taʼlimiy materiallar va loyiha doirasidagi yangiliklar bilan tanişiş mumkin.
Loyihaning asosiy maqsadi - öquvçilarga öyin va qiziqarli maşğulotlar orqali insultning dastlabki belgilarini taniş, öz salomatligi va yaqinlari soğliğiga masʼuliyat bilan munosabatda böliş hamda şoşilinç vaziyatlarda töğri harakatlaniş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan.
Maşğulotlar davomida bolalar insonning yuzida asimmetriya paydo bölişi, bir qölini kötara olmasligi yoki gapirişda qiyinçilik kuzatilişi insult belgisi bölişi mumkinligini örganadi.
Bunday holatlarda vaqtni boy bermaslik, kattalarni şoşilinç xabardor qiliş va «103» raqamiga murojaat etiş böyiça amaliy tuşunçalar beriladi. Şuningdek, favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam xizmatining ahamiyati singdiriladi.
Murakkab tibbiy tuşunçalar bolalarga ularning yoşi va idrokiga mos ravişda, öyin elementlari, qahramonlar va videomateriallar yordamida yetkaziladi.









