Toşkent şahar hokimining qaroriga muvofiq, poytaxtning törtta uçastkasida markaziy köçalar taʼmirlanib, avtobuslar harakati uçun alohida yölaklar taşkil etiladi.

Qayd etilişiça, mutaxassislar jamoat transporti yönalişlari ötadigan, umumiy uzunligi 150 kilometrdan ortiq bölgan yöl qismlarini tahlil qilib çiqişgan.

Tahlil natijalariga köra, qariyb 18 kilometrlik qismda işlarni boşlaş tavsiya etilgan bölib, loyihaga quyidagi törtta yönaliş kiritilgan:

Muqimiy köçasi - Yaşnobod va Çilonzor tumanlari hududidagi 4,6 km qismi;

Qoratoş va Kökça Darvoza köçalari - Şayxontohur tumanidagi 4,2 km qismi;

Parkent köçasi - Mirzo Uluğbek tumanidagi 2,8 km qismi;

Mirzo Uluğbek şohköçasi - Mirzo Uluğbek tumanidagi 6,3 km qismi.

Maʼlum qilinişiça, hozirda loyiha hujjatlarini işlab çiqiş uçun byudjet şakllantirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bu maqsadlar uçun taxminan 6,5 milliard söm talab etiladi. Xarajatlarni Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplaş rejalaştirilgan.

Loyihalarning buyurtmaçisi “Toşkent invest kompaniyasi” AJ bölişi kutilmoqda. Taʼkidlanişiça, loyihalaş taşkilotlari, pudratçilar hamda texnik nazorat xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar qonunçilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi.

Quriliş işlari boşlanişidan oldin muhandislik kommunikatsiyalari va kommunal infratuzilma tarmoqlari körikdan ötkaziladi va nosozliklar aniqlangan taqdirda, tarmoqlar belgilangan tartibda taʼmirlanadi, köçiriladi yoki almaştiriladi. Şuningdek, işlar davomida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va tirbandliklarning oldini oliş çoralari ham közda tutilgan.