Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonovning Xorvatiyaga taşrifi doirasida mamlakat Savdo-sanoat palatasi (HGK), Iş beruvçilar assotsiatsiyasi (HUP) hamda mahalliy iş beruvçilar bilan muzokaralar ötkazildi.

Taklif etilayotgan tizimga köra, Xorvatiya iş beruvçilarining kadrlarga bölgan ehtiyoji Migratsiya agentligiga taqdim etiladi, nomzodlar esa Özbekistonda kasb va til böyiça tayyorlanib, iş beruvçilar iştirokida saralanadi.

Davlatlararo mexanizm orqali tanlangan nomzodlar uçun işlaş va yaşaş ruxsatnomalarini rasmiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş ham közda tutilmoqda.

Ayni paytda quriliş, payvandçilik va transport yönalişlarida dastlabki amaliy işlar boşlanişi rejalaştirilgan.

Nomzodlar avval onlayn suhbatdan, keyin esa xorvatiyalik iş beruvçilarning Özbekistonga taşrifi davomida amaliy kasbiy sinovdan ötişi nazarda tutilmoqda.

Xorvatiya tomoni maʼlumotiga köra, quriliş sohasida boşlanğiç iş haqi 1 300–1 400 yevro atrofida, tasdiqlangan malakaga ega mutaxassislarda esa yuqoriroq bölişi mumkin.

Şuningdek, turizm, mehmonxona-restoran xizmati, tibbiyot va savdo sohalarida ham kadrlarga ehtiyoj yuqori ekani bildirildi.