Toşkent şahri va unga tutaş ayrim hududlarda joylaşgan issiqxonalar uçun maxsus ekologik tartib joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 22-oktabrdagi 586-sonli qarorida közda tutilgan.
Qarorga köra, Toşkent şahri, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlari issiqxona xöjaliklari faoliyati uçun maxsus ekologik tartib joriy etiladigan hudud etib belgilandi.
Maxsus hududda isitiş tizimiga ega bölgan issiqxona xöjaliklari faoliyati faqatgina tabiiy gaz şu jumladan, suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, geotermal energiya, quyoş energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarida hosil böladigan ikkilamçi issiqlik energiyasidan foydalangan holda amalga oşiriladi.
Qattiq yoqilğida (kömir, briket va biomassa pelletlari) faoliyat yuritayotgan issiqxona xöjaliklari 2026-yil 1-dekabrga qadar isitiş turini yuqoridagi turlarga özgartirib, faoliyatini davom ettiradi.
Qattiq yoqilğidan faqatgina quyidagi talablarning barçasini bir vaqtning özida bajargan holda foydalanişga ruxsat etiladi:
qozon qurilmalarini yoqilği uzatiş va yoniş jarayonini avtomatik boşqariş tizimi hamda çang-gaz tozalaş uskunalari bilan jihozlaş;
uzluksiz avtomatik monitoring tizimini örnatiş va uni Ekologiya qömitasining axborot tizimlariga integratsiya qiliş;
uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bölişi;
onlayn kameralar, quvvat manbai va zaxira generatori örnatiş;
hosil bölgan çiqindilarni utilizatsiya qiliş.
Issiqxona xöjaliklarida şinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, jun tolasi, işlatilgan moylar, maişiy va işlab çiqariş çiqindilarini hamda şunga öxşaş tarkibli materiallarni yoqilği sifatida yoqiş













