Qozoğistondagi Nazarbayev University özbek talabalari uçun “Abay Qunanbayev” nomli grant dasturini taklif qilmoqda. Uşbu grantlar bakalavriat, magistratura, doktorantura hamda Foundation tayyorlov dasturlarida tahsil oliş uçun ajratiladi va ta’lim tölovini töliq qoplaydi. Grant doirasida IT, biznes, iqtisodiyot, tibbiyot, muhandislik, fizika, kimyo va boşqa yönalişlar böyiça öqiş imkoniyati mavjud. Ariza topşiriş uçun IELTS yoki SAT sertifikati talab etiladi (kamida 6.0 ball), çunki ta’lim jarayoni töliq ingliz tilida olib boriladi.
Grant asosida qabul qilingan talabalarga oyiga 80 dollardan 500 dollargaça stipendiya tölanadi.

Nazarbayev University xalqaro reytinglarda öz örnini mustahkamlab bormoqda. Universitet Times Higher Education (THE) World University Rankings 2026 reytingida dunyodagi yetakçi tadqiqot universitetlarining top 23 foizi qatoriga kirgan. Uşbu natija uni Markaziy Osiyo va Kavkazdagi eng nufuzli universitet, MDH davlatlari orasida esa törtinçi örinda ekanini körsatadi.
Universitet bitiruvçilarining 98 foizi iş bilan ta’minlanadi. Ular IT, konsalting, muhandislik, energetika va tibbiyot sohalarida faoliyat yuritadi. Bitiruvçilar işlayotgan kompaniyalar orasida Google, Meta, McKinsey & Co, KPMG va Shell kabi xalqaro korporatsiyalar bor.

Ilmiy faoliyatni tanlagan talabalar dunyoning nufuzli universitetlarida — Stanford, University of Pennsylvania, Columbia University va boşqa oliygohlarda magistratura hamda PhD dasturlarida öqişni davom ettirmoqda.
Hujjatlarni qabul qiliş allaqaçon boşlangan. Ariza topşiriş muddatlari universitetning rasmiy sayti











