AQŞda bugun, 3-noyabr kuni oraliq saylovlar bölib ötmoqda. Ular prezidentlik muddatining örtasida ötkaziladi va köpinça hokimiyat işiga baho sifatida qaraladi.

Saylovda Vakillar palatasining barça 435 örni, Senatning 100 örindan 35 tasi va 36 ta ştat gubernatori saylanadi. Hozir Kongressning ikkala palatasini ham respublikaçilar nazorat qilmoqda. Vakillar palatasida ularning 218 ta, demokratlarning 214 ta örni bor, bitta deputat mustaqil, ikki örin esa böş. Senatda nisbat 53 ga 47 – respublikaçilar oldinda, demokratlar tarafida ikki mustaqil senator ham bor.

Köpçilikka ega böliş uçun demokratlarga Vakillar palatasida 218 ta, Senatda esa 51 ta örin kerak. Senatda ovozlar 50 ga 50 bölib qolsa, hal qiluvçi ovozni respublikaçi vitse-prezident J.D. Vens beradi.

Ammo tarix respublikaçilar foydasiga emas. Reuters’ning yozişiça, Ikkinçi jahon uruşidan beri ötgan oraliq saylovlarning ikkitasidan boşqa barçasida prezident partiyasi Kongressda öz mavqeini yöqotgan. Dastlabki natijalar Toşkent vaqti bilan 4-noyabr tongidan kela boşlaydi.

Sörovnomalarda kim oldinda va nega?

Sörovnomalar va mustaqil tahlilçilar Vakillar palatasida demokratlarni favorit deb hisoblaydi, Senat uçun kuraş esa oçiq.

Reuters/Ipsos’ning 2-noyabrda yakunlangan sörovida iştirokçilarning 46 foizi Kongressni demokratlar, 38 foizi respublikaçilar boşqarişini istagan. Bir hafta avval bu farq 11 punkt edi.

Saylovçilarni eng köp qiynayotgan masala – qimmatçilik. Sörov iştirokçilarining 78 foizi uçun yaşaş narxining qimmatlaşuvi ovoz berişda juda muhim yoki eng muhim masala.