2026-yil 11-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi Tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Özbekiston va BMT Taraqqiyot dasturining strategik iqlim hamkorligiga bağişlangan tematik tadbir ötkaziladi.

Tadbir Özbekiston milliy pavilonida «Özbekiston va BMT Taraqqiyot dasturining strategik iqlim hamkorligi: majburiyatlardan investitsiyalar va barqarorlikni oşiriş sari» mavzusida taşkil etiladi. Unda iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, milliy iqlim majburiyatlarini amalga oşiriş va iqlim loyihalariga investitsiyalar jalb etiş masalalari muhokama qilinadi.
Xususan, Parij bitimi doirasida Özbekistonning uçinçi Milliy miqyosda belgilanadigan hissasi (NDC 3.0)ni amalga oşiriş, institutsional salohiyatni mustahkamlaş, iqlimni moliyalaştiriş mexanizmlarini rivojlantiriş hamda investitsiya uçun jozibador loyihalar portfelini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Şuningdek, Özbekistonning Yöqotişlar va zararlarni qoplaş jamğarmasi (FRLD) bilan hamkorlik taşabbusi hamda BMTTD kömagida amalga oşirilayotgan «Climate BRIDGE» taşabbusidagi iştiroki körib çiqiladi. Mazkur taşabbus milliy iqlim majburiyatlarini aniq investitsiya loyihalariga aylantirişga qaratilgan.
Tadbirda Özbekiston davlat organlari, BMTTD, xalqaro moliya institutlari va hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etadi. Muhokamalar davomida iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça milliy rejalarni işlab çiqiş, ayniqsa, Orolböyi mintaqasi kabi iqlim taʼsiriga zaif hududlar barqarorligini oşiriş masalalari ham kun tartibidan örin oladi.
Uçraşuv yakunida iqlimni moliyalaştiriş mablağlarini jalb etiş, strategik hamkorlikni kengaytiriş va Özbekistonning iqlim özgarişiga nisbatan barqarorligini oşirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş böyiça keyingi amaliy qadamlarni belgilaş rejalaştirilgan.






