AQŞ prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin Fox News telekanaliga intervyu berdi. Quyida uning asosiy gaplari keltiriladi.

Matn aniq iqtiboslar yiğindisi emas, prezident aytgan gaplar qisqartirilgan va umumlaştirilgan. Şu bilan birga, uning maʼnosi va mazmuni töliq saqlangan.

Men biroz hayratdaman, ular [respublikaçilar] yaxşiroq natija körsatişadi deb öylagandim. Agar özlari men bilan işlaşni xohlaşsa, men demokratlar bilan hamkorlikka tayyorman.

Veto huquqi bor – bu prezidentning eng kuçli qurollaridan biri. Agar ular menga imzolaş uçun qandaydir ahmoqona narsani yuborişsa, men veto qöyaman. Bir-ikki oy ötib, men bir neça marta şunday qilganimdan söng, ular özi qönğiroq qilib, nima qiliş kerakligini söraşadi. Şunda biz birga işlaymiz. Öylaymanki, demokratlar yaxşi işlaşadi. Ular juda uzoq va qattiq kuraş olib borişdi.

Bizning iqtisodiyotimiz kuçli, ammo benzin narxi tufayli odamlar buni körmayapti. Odamlarga men Eron bilan qilayotgan işlar maʼqul, ammo ularga qisqa muddatli oqibatlar maʼqul emas. Buni tuşunaman.

Nomzodlar yoqmagani uçun odamlar respublikaçilarga ovoz berişmadi. Ularning ayrimlari menga qarşi çiqqandi. Men natijani öz mağlubiyatim sifatida körayotganim yöq. Byulletenlarda nomim yöq edi.

Men köp yaxşi işlar qildim, ammo hozir vaziyat şunday. Yaxşi yoki yomon prezident bölişing, demokrat yoki respublikaçi, erkak yoki ayol ekaning muhim emas – oraliq saylovlarda baribir yutqazasan.