132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida isteʼmolçilar huquqlarini çeklovçi şartlar mavjudligi aniqlandi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi.
Qömitaga 2026-yilning yanvar−sentabr oylarida quriliş işlarining sifati va obyektlarni öz vaqtida topşirmaslik böyiça 1700 dan ortiq şikoyat kelib tuşgan. Murojaatlarni körib çiqiş natijasida isteʼmolçilar foydasiga qariyb 14,5 mlrd söm mablağni qayta hisob-kitob qiliş taʼminlangan.
Murojaatlar asosidagi tahlil Toşkent şahri va 11 ta viloyatdagi 132 ta taşkilotning şartnomalarini qamrab olgan. Quriliş kompaniyalarining eng köpi Toşkent şahri, Namangan, Navoiy va Toşkent viloyatlariga töğri kelgan.
Tahlil qilingan şartnomalarning 77,3 foizida şartnoma bekor qilingan taqdirda tölangan mablağni qaytariş muddati belgilanmagan yoki belgilangan muddat dastlabki tölov muddatiga muvofiq kelmagan. Hujjatlarning 63,6 foizida xonadon qabul qilib olinganidan keyingi kafolat muddati körsatilmagan, 59,1 foizida esa şartlar faqat quruvçining manfaatlarini közlab tuzilgan.
Şuningdek, şartnomalarning 54,5 foizida kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş majburiyati, 50,8 foizida qurilişni yakunlaş muddati keçiktirilgani uçun quruvçi tölaydigan neustoyka (penya) nazarda tutilmagan. 33,3 foiz şartnomada quriliş obyektini topşirişning aniq muddati körsatilmagan. 30,3 foiz şartnoma davlat tilida emas, rus tilida tuzilgan. Yana 49,2 foiz şartnomada isteʼmolçilar huquqlarini kamsituvçi boşqa şartlar mavjud bölgan.
Tahlil davomida isteʼmolçi taşabbusi bilan şartnoma bekor qilinganda tölangan mablağning 4−15 foizini uşlab qoliş, pulni xonadon qayta sotilganidan keyingina qaytariş, uy-joy narxini bir tomonlama oşiriş va xaridorga nisbatan yuqori penya belgilaş kabi isteʼmolçi huquqlarini çeklovçi şartlar aniqlangan.
Qömita örganiş natijalaridan kelib çiqib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli instansiyalarga takliflar kiritdi.







