Nobel mukofoti sovrindori Jon Steynbekning «Siçqonlar va odamlar» romani insonga baxt uçun nimalar kerakligi haqida hikoya qiladi.

1937-yilda yozilgan bu roman Amerikadagi Buyuk tuşkunlik davrini tasvirlaydi. Iş topiş qiyin, odamlar bir joydan ikkinçi joyga iş izlab köçib yuradi. Qahramonlarimiz - Jorj Milton va Lenni Smoll ham şunday daydi işçilar. Ularning na uyi bor, na katta boyligi. Ammo ularda boşqalarda yöq bitta narsa bor edi: ular birga.

Ularning birga yurişi oddiy döstlikdan balandroq edi. Jorj Lennini himoya qilar, uning xatolarini töğrilaşga harakat qilardi. Lenni esa öz navbatida Jorjning hayotiga qandaydir iliqlik berardi. Ular bir-biriga kerak edi.

Ikki döstning yana bir katta orzusi bor edi. Ular bir kun kelib özlarining kiçik yeriga ega bölişni xohlardi. U yerda özlari işlaydi, heç kimga yollanmaydi. Lenni esa quyon boqadi. Jorj bu orzuni unga qayta-qayta aytib beradi. Har safar Lenni xursand bölib, «quyonlar» haqida söraşni yaxşi körardi. Bu orzu juda oddiy. Ammo ular uçun butun hayotning maʼnosiga aylangandi.

Şu orzu bilan ular navbatdagi fermaga işga keladi. Bu yerda ham turli taqdirdagi odamlar bor. Qari Kendi keksayib qolgani uçun bir kuni işdan haydalişdan qörqadi. Qora tanli Kruks irqiy kamsitiş sabab boşqalardan ajratilgan holda yaşaydi. Ferma egasining öğli Kyorli öz kuçini boşqalarga ötkazişga harakat qiladi. Uning xotini esa ismi bilan emas, faqat «Kyorlining xotini» deb ataladi va odamlar orasida bölsa ham, özini yolğiz his qiladi.

Qiziği, fermada odamlar köp, ammo har birining öziga yaraşa yetişmayotgan narsasi bor. Kimdir pul istaydi, kimdir öz uyini, kimdir hurmatni. Kimdir esa şunçaki birov bilan gaplaşişni.

Şu jihatdan Jorj va Lennining orzusi boşqalarga ham taʼsir qiladi. Ular özlariga tegişli kiçik yer haqida gapirganida, boşqalar ham şu orzuga yaqinlaşadi. Çunki inson birgalikda orzu qilişni, umumlaşişni, orzulari boşqalarga ham yuqişini istaydi. Odamlarni köpinça şu his birlaştiradi.

Yozuvçiga köra, yolğizlik şunçaki odamning yonida heç kim yöqligi bilan belgilanmaydi. Inson odamlar orasida turib ham yolğiz bölişi mumkin.

Bu holat bugun bizga yanada taniş tuyuladi menga. Hozir telefonlarimizda yuzlab, hatto minglab raqamlar bor. Ijtimoiy tarmoqlarda tanişlar, obunaçilar, guruhlarning sanoği yöq. Bir qaraganda, inson heç qaçon yolğiz qolmaydi, deb tasavvur qilasiz.