Noutbuk ikki xil ölçamda - diagonali 14 va 16 dyuymli variantlarda çiqariladi. Qurilma korpusi yanada yupqalaşgan va vazni 1,3 kg ni taşkil etadi. Ekranning yuqori qismidagi odatiy qora hoşiya örnini Dynamic Island egalladi. Bundan taşqari, orqa panelga yonib turuvçi olma logotipi qaytdi. Sönggi bir neça yil davomida Apple MacBook’larni oddiy öyma logotip bilan işlab çiqarayotgan edi. Xaridorlarga ikki xil - kumuşrang va qora ranglar taqdim etiladi.

Apple

Sotuvlar 6-noyabrdan boşlanadi. Oldindan buyurtmani esa bugunoq beriş mumkin. 14 dyuymli versiya narxi 2,9 ming dollardan, 16 dyuymlisi esa 3,4 ming dollardan boşlanadi.

MacBook Pro sensorli ekrani odatiy boşqaruv tizimini bekor qilmaydi: klaviatura va taçpad öz joyida qoladi, ularga iPhone va iPad foydalanuvçilariga yaxşi taniş bölgan sensorli kiritiş hamda imo-işoralar orqali boşqariş qöşiladi. Şu tariqa, gap noutbukni planşetga aylantiriş haqida emas, balki macOS bilan işlaş usullarini kengaytiriş haqida bormoqda.

Apple