Apple kompaniyasi M6 protsessori bazasidagi yangi 14 dyuymli MacBook Pröni taqdim etdi. Qurilmaga 28-oktabrdan boşlab oldindan buyurtma beriş mumkin böladi, sotuvga esa 6-noyabrdan çiqadi.

Kompaniya xabariga köra, yangi M6 çipining texnik körsatkiçlari avvalgi avlodnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Uning 12 yadroli grafik protsessori 30 foizgaça tezroq işlaydi, sunʼiy intellekt vazifalariga javob beruvçi ikkita 16 yadroli Neural Engine bloki esa M5 ga qaraganda unumdorlikni 1,9 barobargaça oşiradi.

Buning natijasida foydalanuvçilar 3D-modellaştiriş, öyinlar va fotosuratlarni tahrirlaş bilan boğliq vazifalarni tezroq bajarişi, şuningdek, katta til modellariga (LLM) bölgan sörovlarni bevosita makbukning özida samarali qayta işlaşi mumkin.

Şu bilan birga, yangi qurilma Mac kompyuterlari orasida rekord darajadagi avtonom işlaş vaqtini - quvvatlanmasdan 24 soatgaça işlaşni vaʼda qilmoqda. Akkumulyatorni atigi yarim soat içida 50 foizgaça quvvatlantiriş mumkin.

Şuningdek, makbuk Wi-Fi 7 va Bluetooth 6 standartlarini qöllab-quvvatlaydi hamda 12 megapikselli kamera va uçta Thunderbolt 4 portiga ega böldi. Bazaviy komplektatsiyada u 16 gigabayt tezkor xotira bilan jihozlangan bölib, uni 32 GB gaça kengaytiriş imkoniyati mavjud. Qurilma kumuşrang va qora ranglarda, 1999 dollardan boşlanadigan narxda sotuvga çiqadi.

Apple kompaniyasining taʼkidlaşiça, 2020-yilda çiqarilgan M1 protsessorli modellardan yangisiga ötayotgan foydalanuvçilar uçun unumdorlikning ösişi ayniqsa sezilarli böladi: grafika 11 barobar, sunʼiy intellekt esa 13 barobar tezlaşadi.