2026-yil birinçi yarmi yakunlariga köra, Özbekistonda suğurta mukofotlari hajmi 8,02 trln sömga yetib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 28,6% ga oşdi. Biroq bunga çuqurroq qaraş muhimroq: bozor nima hisobiga ösmoqda va bu ösiş qançalik sifatli va barqaror?

28,6% ösiş ortida nima turganini tuşuniş muhim

Umumiy suğurta mukofotlari 28,1% ga oşib, 7,49 trln sömga yetdi. Majburiy suğurta ikki baravardan ziyod - 415,7 dan 875,7 mlrd sömgaça, FJMS (OSAGO) esa uç baravardan ziyod - 180,8 dan 570,8 mlrd sömgaça ösdi.

Ixtiyoriy umumiy suğurta 21,8% ga ösib, 6,62 trln sömga yetdi. Aynan uning dinamikasini bozor yetukligining asosiy körsatkiçi deb hisoblayman. Majburiy suğurta keng qamrovni taʼminlasa, ixtiyoriy suğurta mijozning suğurta himoyasiga bölgan ehtiyojni qay darajada anglayotganini hamda qonun talabisiz ham suğurta polisini sotib olişga tayyorligini körsatadi. Şu bois sohaning strategik vazifasi - yiğimlarni oşiriş emas, balki himoyaga haqiqiy talabni şakllantiriş.

Tölovlar mukofotlarga nisbatan ança tez ösmoqda

Yarim yilda suğurtalovçilar 2,25 trln söm töladi - bu ötgan yilgidan 80,9% köp. Tölovlar ösişini salbiy baholab bölmaydi: suğurtaning asl mohiyati mijozga zararni qoplab berişda namoyon böladi.

Ammo mukofot va tölovlar ösişidagi bunday farq suğurtalovçilar uçun muhim signal. Bozor ösib borgani sari anderrayting sifati, töğri narx belgilaş, qayta suğurtalaş va risklar konsentratsiyasini boşqariş tobora muhim böladi. Portfelni tez kengaytirişning özi yetarli emas - uning sifatini samarali boşqariş zarur.

Bozorning moliyaviy salohiyati mustahkamlanmoqda

Suğurtalovçilar ustav kapitali bir yilda 37,2% ga oşib, 4,29 trln sömga, investitsiyalar esa 28,8% ga oşib, 10,74 trln sömga yetdi. Suğurta sohasi - nafaqat zararlarni qoplaş mexanizmi, balki institutsional investor va uzoq muddatli kapital manbaidir.

Investitsiyalar tarkibi hozirça konservativligiça qolmoqda: portfelning qariyb 65% i bank depozitlariga joylaştirilgan. Kapital bozori rivojlanişi bilan suğurta kompaniyalari uçun yangi investitsiya instrumentlari va portfelni diversifikatsiya qiliş imkoniyatlari kengayişi lozim.

Raqobat mohiyatan özgarişi kerak

Umumiy suğurta bozori konsentratsiyalaşganiça qolmoqda: eng yirik beşta kompaniyaga sof mukofotlarning taxminan 62% i, birinçi öntalikka esa qariyb 80% i töğri keladi. Biroq bozordan tezroq ösayotgan suğurtalovçilar paydo bölmoqda. Bu soha uçun foydali: raqobat faqat narxlar hisobiga emas, balki mahsulot sifati, texnologik yeçimlar, daʼvolarni körib çiqiş tezligiga köçişi kerak. Xususan, bundan suğurta qildiruvçilar yutadi.