Yevropa Ittifoqi yetakçilari Gurjistonni Tbilisida parlament uçinçi öqişda ma’qullagan bahsli «çet el agentlari» qonunini bekor qilişga çaqirdi. 15 may, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel va Yevropa komissari Oliver Varxei: «Uşbu qonunning qabul qilinişi Gurjistonning YeIga qöşiliş yölidagi taraqqiyotiga salbiy ta’sir körsatmoqda», deya bayonot berdi.
Gurjistonning kelajakdagi yöli böyiça qaror şu davlatning qölida, deyiladi ular qöşma bayonotida. «Biz Gurjiston hukumatini qonunni bekor qilişga, YeIga a’zolik böyiça öz majburiyatlarini saqlab qolişga va Gurjiston Yevropa integratsiyasi jarayonida amalga oşirişi uçun zarur bölgan töqqiz bosqiçda bayon qilingan zarur islohotlarni ilgari surişga çaqiramiz», - dedi Borrel va Varxei.
YeI raisi Belgiya YeIga qöşilişga intilayotgan Gurjiston xalqini qöllab-quvvatlaydi
Öz navbatida, Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Belgiya Gurjiston parlamenti tomonidan «çet el agentlari» töğrisidagi qonun qabul qilinganidan afsusda ekanini bildirdi. Bu qonun Gurjistonni Yevropa qadriyatlaridan uzoqlaştiradi, deb yozadi qirollik taşqi işlar vaziri Aja Lyabib X messenjerida. «Biz Gurjiston hukumatini bu çoralarni qayta körib çiqişga va Yevropa Ittifoqi oldidagi majburiyatlarini bajarişga çaqiramiz», dedi u.
Lyabibning sözlariga köra, Belgiya gurji xalqini va uning demokratiya, inson huquqlarini himoya qiliş va qonun ustuvorligi yölidagi tanlovini qöllab-quvvatlaydi. «Gurjistonliklar Yevropa kelajagiga intilmoqda. Ularning ovozi eşitilişi kerak», deb yozadi u.
Gurjiston parlamenti «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini uçinçi öqişda ma’qulladi
Bir kun avval Gurjiston parlamenti «çet el agentlari» haqidagi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi. Yangi qoidaga köra, moliyasining 20 foizdan köproğini xorijdan oladigan nodavlat notijorat taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari «çet el agent» sifatida röyxatdan ötişlari şart. Rossiyaning xuddi şunday qonunidan köçirilgan qonunga qarşi namoyişlar aprel oyida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi uni parlamentga qayta kiritganidan söng boşlangan.
Newsgeorgia internet naşri Gurjiston ombudsmani Levan Ioselianiga tayanib yozganidek, bir oylik namoyişlar davomida 160 ga yaqin namoyişçi hibsga olingan, önlab namoyişçilar politsiya tomonidan kaltaklangan, ammo «birorta ham politsiyaçining javobgarligi masalasi kötarilmagan». Şu bilan birga, Gurjiston Maxsus tergov xizmati Tbilisidagi namoyişlar çoğida hibsga olinganidan söng köplab jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, «Bosqinçilikka qarşi harakat» yetakçisi David Katsaravaga nisbatan politsiya kuç işlatgani böyiça tergov boşlanganini e’lon qildi. Gurjiston matbuotiga köra, faolning burni va yuz suyaklari singan va operatsiya qilingan.












