Ma’lum bo‘lishicha, parvozlar haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qatnovlar “Humo air” MChJning An-2 havo kemasida bajariladi.

«Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida parvoz mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi.

Aviachipta narxi esa bir tomonga 150 000 so‘m etib belgilangan», - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 12 dekabridan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilgan edi.