Rossiya rahbari Vladimir Putin «qadrdon dösti» Si Jinpingning mehmoni böldi. U navbatdagi prezidentlikka kirişganidan keyin özgargan hukumatidagi deyarli barça asosiy amaldorlar bilan birga taşrif buyurgan.

Putin va Si Jinping payşanba tongida muzokaralar ötkazdi, bu ikki yarim soat davom etdi. Undan oldinroq Pekindagi Xalq majlislari maydonida muhtaşam kutib oliş marosimi bölib ötgandi. Rahbarlar zambaraklardan baravar öt oçib qarşi olingandi.

Rossiya va Xitoy munosabatlari «yirik derjavalar örtasida munosabatlar uçun etalonga aylandi», degan muzokaralarda Si Jinpin, Putin esa Moskva va Pekinning hamkorligi — xalqaro maydondagi asosiy barqarorlaştiruvçi omillardan biri ekanini aytgan. Muzokaralardan keyin ular «Har tomonlama hamkorlikni çuqurlaştiriş töğrisida»gi bayonotni imzolaşdi. Bu nimani anglatadi?

Delegatsiya Rossiya iqtisodiyoti va harbiy maşinasi Ğarbning savdo va moliyaviy sanksiyalari tufayli kundan kunga tobora kuçliroq qaram bölib borayotgan Xitoy bilan Kremlning aloqalarini mustahkamlaşni közlagan.

Ikki kunlik taşrif Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlarida nazardan qolgan Putin uçun ham tasalli böladi. Xitoy dunyoda rossiyaliklar yetakçisi uçun Ukrainadagi harbiy jinoyatlarga oid ayblovlar tufayli hibsga oliş uçun order emas, iliq qabul kafolatlangan yagona yirik davlatdir.

Si Jinping Putinni «qadrdon döst» deb ataydi, qöşni mamlakatga bosqin uçun tanqid qilmagan va uning dunyodagi Ğarb gegemonligidan noroziligiga qöşiladi. Si Putin bilan allaqaçon 40 martadan ortiq uçraşgan — bu dunyodagi boşqa yetakçilardan istalgan biri bilan uçraşuvlar sonidan ikki barobar köp hisoblanadi.

Ukrainaga bosqin arafasida ham Putin navbatdagi marta Pekinda mehmon bölgandi va öşanda ular Si bilan «çegarasiz döstlik va istisno zonalarsiz hamkorlik» töğrisidagi bayonotni imzolab, bu «uçinçi mamlakatlarga qarşi qaratilmagani»ni aytişgandi.

Ikki yil ötdi va AQŞ Xitoyga aynan şu borada e’tiroz bildirmoqda — uni Kremlga Ukrainani egallaşda va ğarb sanksiyalarini çetlab ötişda yordam berişda ayblamoqda. Endilikda Xitoy banklari ham Amerika sanksiyalari tahdidi ostida qolgan va ular rossiyaliklarning tölovlariga ehtiyotkorona yondaşa boşlagan.

Natijada sönggi ikki oyda Xitoyning Rossiyaga eksporti hajmi qisqardi, holbuki şu vaqtga qadar savdo muntazam ravişda ösib, ötgan yili rekord darajadagi 240 mlrd dollarga yetgandi.