Markaziy bank aprel oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 13,7 foizni taşkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toşkent şahri – 17,4 foiz va Namangan viloyatida – 15 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpoğistonda – 9,9 foiz va Jizzax viloyatida – 10,9 foiz sezilgan.

Sörovnomada qatnaşganlarning katta qismi benzin va yoqilği hamda dorilar va tibbiy xizmatlar narxi yuqori darajada ösganligini ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, 1 apreldan tibbiy xizmatlar va dori vositalari uçun berilgan QQS böyiça imtiyozlar bekor qilingandi.

Daromadlari 5 mln söm va undan yuqori bölgan aholi sezgan inflatsiya darajasi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori darajada şakllangan. Xususan, 15 mln sömdan köp daromad egalari sezgan inflatsiya 17,7 foizni taşkil qilgan. Daromadi 2 mln sömgaça bölgan respondentlarga esa inflatsiya nisbatan kamroq sezilgan – 12,9 foiz.
Toşkent şahrida 21 foiz va undan yuqori inflatsiya sezayotganlar uluşi 33 foizga, Namangan viloyatida esa 25 foizga yetgan.

Avvalroq, aprelda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik ösiş darajasi 8,1 foizni taşkil etgani xabar qilingandi. Ötgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya örtasidagi farq 5,6 foiz bölgan.












