Qayd etilişiça, 21 fevral kuni Rişton tumani “Zohidon” MFY Qörğonça köçasida istiqomat qiluvçi N.G. ismli ayol voyaga yetmagan farzandlari Ş.X. va I.X. bilan yaşaş xonadonidan noma’lum tomonga çiqib ketib, bedarak yöqolgan. Aniqlanişiça, şu kuni Qidiruv tadbirlari davomida, voyaga yetmagan Ş.X.ning murdasi Katta Farğona kanalining Boğdod tumanidan oqib ötgan qismidan topilgan va tegişli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holatda bedarak yöqolgan fuqarolar qotillik qurboni bölişi mumkinligini inobatga olib, uşbu holatni kelgusida tergov yöli bilan tekşirib, aniqlik kiritiş maqsadida joriy yilning 4 mart kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda Farğona viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini ötkaziş bilan bir qatorda, bedarak yöqolgan G.N. va uning bir nafar farzandini topiş yuzasidan barça tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.

Avvalroq Rişton tumanida ğoyib bölgan ona va qizlari qidiruvga berilgani, qizlaridan birining jasadi Katta Farğona kanalidan topilgani haqida xabar berilgan edi.