19 Aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlangani va ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshgani, ularning 238 nafari og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berdi.

Jizzax shahar prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan firibgarlik va o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan ma'lum qilindi.

17 Aprel

Jizzax shahridagi xonadonlardan biriga bosqinchilik uchun kirib, 72 yoshli qariyaga og‘ir tan jarohati yetkazgan va yirik miqdordagi pullarni olib ketgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan o‘g‘irlangan avtomashina shikastlangan holda Zomin tumanidan topilgan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida soxta diplom bilan dars berayotgan 10 nafar o‘qituvchi aniqlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

16 Aprel

Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Kazakov Kun.uz tahririyatiga murojaat qildi. Ma'lum qilinishicha, butun viloyat markazi va bir qator tumanlarda arxiv binolarining ahvoli qoniqarli emas.

Jizzax shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda

15 Aprel

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyevning qiziga tegishli kompaniya 2020 yilda 4 milliard so‘mga yaqin davlat buyurtmasiga ega chiqqan.

14 Aprel

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 102 yoshli momo koronavirusga qarshi emlangan.

13 Aprel

Jizzax shahrida aholi chiqindilarini yig‘ib ketishga mo‘ljallangan maxsus mashinaning gaz balloni shahar ko‘chalaridan birida harakatlanib ketayotganda portlab ketgan. Oqibatda uning yaqinida bo‘lgan ikki nafar shaxs jarohat olgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

12 Aprel

Jizzax viloyatida 5 kilogramm «gashish» giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi.

9 Aprel

Jizzax viloyati Yangiobod tumanidan ikki bosh otni o‘g‘irlagan shaxslar Toshkent viloyatidagi mol bozorlardan birida ushlangan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top