Jizzax şahrida yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat suriştiruvi ötkazilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.Pölatov, Z Ğaniyev va Ş.Murodovlar Jizzax şahar, I.Karimov şohköçasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Ş.Murodov tomonidan «Vaz-2108» maşinasi haydovçisi yöl harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois töxtatilgan.

YPX xodimi haydovçidan me'yoriy hujjatlarini taqdim qilişini söraganda, haydovçi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovçi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilib, «Vaz-2108» vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovçi YPX xodimiga e'tiroz bildirib, qarşilik körsatgan. YPX inspektori Ş.Murodov haydovçi bilan muloqat jarayonida nosamimiy munosabatda bölgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.