Jizzax şahar prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining Arnasoy tuman bölimi tomonidan firibgarlik va özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qiliş bilan boğliq holatlar aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan ma'lum qilindi.
Jizzax şahri Öratepalik mahallasida yaşovçi fuqaro F.M. fuqaro O.A.ning işonçiga kirib, unga hokimiyatda işlovçi tanişlari orqali köçmas mulk uçun yer olib berişini aytib, 2 100 dollar miqdordagi mablağni firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan. Holat yuzasidan JKning 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Departamentning Arnasoy tuman bölimi tomonidan, tuman XTBga qaraşli maktablarning birida 78 ta holatda maktab işçi xodimlariga juda köp miqdorda moddiy rağbatlantiriş pullari ortiqça hisoblanib, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan. Holat yuzasidan JKning 167-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Hozirda har ikki holat böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi viloyat prokuraturasi tomonidan berilgan xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şarof Raşidov tumanida hokimlik zaxirasidagi maydondan 1 gektar yerni issiqxona quriş uçun olib bermoqçi bölgan şaxs uşlangan edi.











