Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan öğirlangan avtomaşina şikastlangan holda Zomin tumanidan topilgan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 14 aprel kuni soat 20:40da Zarbdor tuman IIBga fuqaro 37 yoşli I.Ma'ruf öziga tegişli «DOGAN S» rusumli avtomaşinasi öğirlangani yuzasidan xabar bergan. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, avtomaşina Zomin tumani Daştobod şaharçasi hududida şikastlangan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari davomida, uşbu jinoyatni 28 yoşli A.Ilhom mast holatda sodir etganligi, u Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yaşovçi tanişining oldiga borib keliş maqsadida avtomaşinani olib qoçganligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, hozirda A.Ilhom protsessual tartibda uşlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.