Vaşington Xitoy va Rossiyani sun’iy intellekt (SI)ni yadro qurolidan foydalaniş qarorlaridan çetlaştiriş majburiyatini olişga çaqirmoqda. AQŞ Davlat departamentining Qurollarni nazorat qiliş byurosi rahbari örinbosari Pol Din 2 may, payşanba kuni bölib ötgan onlayn-brifing çoğida: «Amerika Qöşma Ştatlari yadro qurolini töliq nazorat qiliş insonga tegişli bölişi kerakligi töğrisida «aniq va qat’iy» majburiyat oldi. Biz sun’iy intellektga yadroviy quroldan foydalaniş töğrisida qaror qabul qiliş imkonini heç qaçon topşirmaymiz», dedi.
Uning sözlariga köra, Fransiya va Britaniya ham şunday qilgan. Davlat departamenti vakili Xitoy va Rossiyani ham xuddi şunday yöl tutişga çaqirdi. «Biz Xitoy va Rossiya Federatsiyasining şunga öxşaş bayonotini körişdan xursand bölamiz», deb ta’kidladi Din.
Sun’iy intellektga yadroviy qurollar ustidan nazoratni bermaslik majburiyatini «mas’uliyatli xatti-harakatlarning öta muhim normasi» deb atab, u Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari bölgan kontekstda bunday qaror «juda ma’qul» bölişini aytdi.













