28 Iyun

Jizzax va Buxoro viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Jizzax shahrida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan yashirin sex faoliyati fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Jizzax shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida ikkita mashina yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

26 Iyun

Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan shubhali holatlar o‘rganilganda, 2 ta oliy ta'lim muassasida 22,5 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirilganligi aniqlangan. Bu haqda Hisob palatasi ma'lum qildi.

25 Iyun

IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyat bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan tadbirkordan tovlamachilik bilan pul talab qilgan shaxs 5 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

24 Iyun

Jizzax viloyatida somon ortgan «ZIL» ag‘darilib ketdi va M39 xalqaro avtomobil yo‘lida qatnovni to‘sib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

21 Iyun

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqarolardan birining farzandini 3500 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan.

20 Iyun

Zomin tog‘larida yilning uch fasli: bahor, kuz va qish bo‘lishi, bu go‘shada harorat yozning eng jazirama kunlarida ham 28 darajadan oshmasligini bilasizmi?

18 Iyun

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida ukasiga tegishli fermer xo‘jaligi yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

16 Iyun

 “Avvalambor Kun.uz muxbirlariga, qolaversa Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlariga egilgan, ammo sinmagan adolatni tiklashdagi jonkuyarliklari uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman” deydi onlayn auksionda ko‘chmas mulk sotib olib, sudyalarning mantiqsiz qarorlari sabab uzoq yillar sarson bo‘lgan jizzaxlik tadbirkor ayol Gyunel Aliyeva.

Jizzaxda yuk va yengil avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

15 Iyun

Jizzax shahrida yashovchi fuqarolarning buziladigan uy-joylari uchun kompensatsiya sifatida 6 sotixdan yer ajratish to‘g‘risidagi hokim qarorining ilovasini qalbakilashtirish evaziga 8,5 mln so‘m talab qilgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Ko`proq yangiliklar
Top