Jizzax şahrida yaşovçi fuqarolarning buziladigan uy-joylari uçun kompensatsiya sifatida 6 sotixdan yer ajratiş töğrisidagi hokim qarorining ilovasini qalbakilaştiriş evaziga 8,5 mln söm talab qilgan fuqarolar qölga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi.

Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Yermulkkadastr sobiq xodimi S.B. va boşqalar oldindan til biriktirib, Jizzax şahrida yaşovçi fuqarolarning uy-joylari buzilişi munosabati bilan kompensatsiya sifatida 6 sotixdan yer ajratiş töğrisidagi hokim qaroriga ilova qilingan röyxatni qalbakilaştiriş orqali fuqaro A.ni röyxatga kiritib berişni 8,5 mln sömga kelişgan. 

Şundan muqaddam 500 ming sömni qölga kiritib, qolgan 8 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda hokimning qaroriga keltirilgan protestni bekor qildirmoqçi bölgan firibgar uşlanganligi xabar qilingan edi.