Norvegiya, Şvetsiya va Finlandiya harbiy ehtiyojlar uçun umumiy transport koridorini yaratadi. Bu Norvegiya portlaridan Şvetsiya va Finlandiyaga kerak bölganda şaxsiy tarkibni tezroq ötkaziş imkonini beradi, deya e’lon qildi Şimoliy Yevropaning uçta davlati 20 iyun, payşanba kuni Norvegiyaning Budyo şahrida bölib ötgan mudofaa sammitida.
Yölak Skandinaviya şimolidan ötadi
Bu qaror harbiy kuçlarni çegaradan ötkazişning potensial ehtiyojiga javobdir. Yönaliş uç davlatning şimoliy hududlari orqali ötadi.
Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore matbuot anjumanida: «Endi biz hammamiz NATOdamiz, bir-birimizni himoya qilib, butunlay boşqaça tarzda hamkorlik qilişimiz mumkin», dedi. Uning sözlariga köra, avvalroq Şimoliy Yevropa davlatlari şaxsiy tarkib va harbiy texnika harakatini rejalaştirayotganda şimoldan janubga qarab yönalişlarni belgilagan. «Endi biz köproq şarqiy-ğarbiy yönalişga e’tibor qaratamiz», dedi Norvegiya hukumati rahbari.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan söng, Finlandiya va Şvetsiya birgalikda NATOga a’zo böliş uçun ariza berişdi. Finlandiya 2023 yilda alyansning 31-a’zosi böldi, 2024 yilning mart oyida Şvetsiya Turkiya qarşiliklarini yengib ötib, a’zo davlatga aylandi.













