Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida fuqarolardan birining farzandini 3500 AQŞ dollari evaziga öqişga kiritmoqçi bölgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Ğallaorol tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O‘.ning işonçiga kirib firibgarlik qilgan fuqaro I.I. uşlangan.
Qayd etilişiça, u O‘.ning farzandini Özbekiston Davlat san'at va madaniyat institutiga tanişlari orqali öqişga kiritib qöyiş evaziga 3 500 dollar olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Jizzaxda ukasiga tegişli fermer xöjaligi yerini sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
Jizzaxda hokim qarorining ilovasini qalbakilaştiriş evaziga pora talab qilgan fuqarolar qölga olindi











