Turizm va sport vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etilgan infotur doirasida jurnalistlarga Zomin milliy tabiat boğining diqqatga sazovor joylari, şu hududda yaşovçilarning turmuş tarzi taniştirib ötildi.

Uşbu maskanga kuniga minglab mahalliy sayyohlar kelişadi. Bu yerda ekoturizmni yanada rivojlantiriş uçun imkoniyatlar juda katta. Tojikiston Respublikasi bilan çegarada joylaşgan Çortangi kanoni, dengiz sathidan 2400 metr balandlikda juda katta maydonda yastanib yotgan Supa platosi (tekisligi), Şerbuloq çaşmasi bugungi kunda ham odamlar bilan gavjum.

Toğ örmonlari şifobaxş arçazorlar bilan qoplangan. Toğ hududida köplab dorivor ösimliklar ösadi. Eng hayratlanarlisi, bu dov-daraxtlar jazirama issiqni körişmaydi hisob. Bahoriy durkunlikni yoz böyi saqlab turişadi va avgust oylarida kuz fasliga kirişadi.

Zomin milliy tabiat boğining ilmiy işlar va turizm masalalari böyiça boşliq örinbosari Husniddin Hazratqulovning aytişiça, 20 yilga möljallangan dasturda bu yerlarga kommunikatsiya keltiriladi.

Prezident farmoniga köra, hududda 3-4-5 yulduzli mehmonxona hamda sihatgohlar barpo etiladi, Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda dor yöli quriladi. Jumladan, loyihaga köra, Zomin tumanidagi Daştobod şaharçasidan Baxmal tumani orqali Ğallaorol tumanidan ötuvçi M39 xalqaro yöligaça bölgan 180 km.lik yöl kengaytirib, obodonlaştiriladi.

Hududda golf maydonlari ham barpo etilişi közda tutilgan. Qiş faslida ham çanği uçiş uçun imkoniyatlar yaratiladi. Bularning barçasini nodir tabiatga ziyon yetkazmasdan amalga oşiriş nazarda tutilgan.

Kun.uz fotomuxbirining Zomin toğlarida suratga olgan tasvirlarini e'tiboringizga havola etamiz.