9 Fevral

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

8 Fevral

U Jizzaxda talonchilik bilan tortib olgan telefonini Samarqand viloyatidagi maishiy texnika do‘konlaridan birining sotuvchisiga sotib yuborgan.

6 Fevral

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida lok-bo‘yoq ortib ketayotgan ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

4 Fevral

Ijodiy jamoa bilan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘ldik. Havo harorati sovuq, ammo quyosh charaqlab turgandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablardan birining bosh hisobchisi osilgan holda topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi. Bayonotda yozilishicha, hodisa 2019 yilda sodir bo‘lgan.

3 Fevral

Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosarining tadbirkor faoliyatiga aralashuvi oqibatida sher va boshqa hayvonlar ochlikdan o‘lgani haqida Kun.uz’ga «Shahrisabz zoosirk» xususiy korxonasi ish yurituvchisi Abubakrsuxrob Mamadaliyev xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida Toyota Land Cruiser mashinasi qalin tumanda jarlikka qulab tushgan. Oqibatda, haydovchi vafot etgan. Uning ikki nafar nabirasi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

2 Fevral

Jizzax shahrida 5 tup daraxt noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan. Viloyat Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan qonunbuzarlarni topish uchun IIBga xat chiqarilgan.

27 Yanvar

2020 yil avgustida koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimi Xanifa Saidovaning oila a’zolariga prezident qarorida belgilangan to‘lov haligacha to‘lanmagan. Sud qarori ham foyda bermayapti.

25 Yanvar

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr ta’minoti to‘liq tiklangan, Qashqadaryo viloyatida hali svet yonmadi.

24 Yanvar

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tanish ayolning intim videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishini aytib pul olgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

21 Yanvar

Jizzax shahrida qo‘shnisining uyidan turli buyumlarni o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor protsessual tartibda ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top