Xanifa Saidova 2015 yildan buyon Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani tez tibbiy yordam bölimi navbatçi vraçi lavozimida işlab kelgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida infeksiyaga çalingan bemorlar bilan muomalada bölgani tufayli özi ham kasallikka çalinadi. 2020 yil avgust oyi boşida ahvoli yomonlaşib, kasalxonaga tuşib qoladi. Körsatilgan muolajalarga qaramay, Xanifa Saidova 20 avgust kuni kasallikdan vafot etadi.

Xanifa Saidova öğli Azizjon Nasrullayev va nevarasi bilan

Ovoragarçiliklarning boşlanişi

Öşa vaqtda amalda bölgan “Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşişga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4652-sonli prezident qarorida koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtiriş natijasida oğir ahvolga tuşgan va soğliği tiklanmagan taqdirda tibbiyot xodimiga yoki uning oila a’zolariga 250 mln sömlik bir martalik tölov tölanişi belgilangan.

Xanifa Saidovaning vafotidan söng, uning oila a’zolari prezident qarorida belgilangan tölovni ololmay, soğliqni saqlaş tizimi tomonidan sarsongarçiliklarga duçor qilinadi.

Marhumaning farzandi Azizjon Nasrullayev masalani sud orqali hal qiliş qaroriga keladi.

Sud qarori ham kor qilmayapti

Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudining 2021 yil 20 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan Azizjon Nasrullayev foydasiga Moliya vazirligi orqali respublika budjetidan 250 mln söm miqdorida biryöla tölanadigan maxsus tölovni undiriş belgilangan.

Azizjon Nasrullayevning aytişiça, şundan keyin ham unga pul ötkazib berilgani yöq.

“Tölovni oliş uçun murojaat qilmagan joyim qolmadi. Portal, Boş prokuratura, ijroçining öziga ham murojaat qildim. Natija bölmayapti