Jizzax viloyati Ğallaorol tumanidagi zovurdan yoqib yuborilgan Spark maşinasi topilgan. Uning içida murda ham bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 28 dekabr kuni soat 9:30 larda  Ğallaorol tumani Mirzabuloq qişloq fuqarolar yiğiniga qaraşli Nayman qişloğida yaşovçi fuqaro şu hududdagi fermer xöjaligiga tegişli dala maydoni çetidagi zovur içida yonib ketgan Spark maşinasini körib qolgan.

Fuqaro bu haqda içki işlar organlariga xabar bergan. Şundan söng, voqea joyiga viloyat prokuraturasi va viloyat IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh yetib borgan. Maşina közdan keçirilganda uning içidan kuyib ketgan murda ham topilgan. Şuningdek, maşinaning davlat raqami ham bölmagan.

Maşina kuzovining raqami orqali uning egasi tekşirib körilganda Spark Samarqand şahar Zarafşon mahallasida yaşovçi şaxs ekani ma’lum bölgan.

IIB xodimlari maşina egasining uyiga borib, uning yaqinlaridan körsatma olganda, ular yigitning bir kun avval uydan çiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirişgan. Ötkazilgan tibbiy ekspertizada kuyib ketgan jasad maşina egasiniki ekani aniqlangan.

Tezkor qidiruv harakatlari natijasida, Jomboy tumani “Beşsayid” MFYda yaşovçi uç nafar şaxs marhumni giyohvand moddalar bilan ta’minlab kelgani aniqangan va ular uşlangan.

Dastlabki tergov-suriştiruv davomida aniqlanişiça, marhum 28 dekabr kuni Jomboyga borgan. Giyohvand modda sotuvçilar qarzi borligi uçun unga giyohvand modda berişmagan. Şundan söng marhum IIB xodimlariga borib, xabar berişini aytganda giyohfuruşlar uni öldirişgan va Ğallaorolga olib borib yoqib yuborişgan.