8 Iyul

Qoraqalpog‘istonda to‘rtta yangi shifoxona tashkil etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirining Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘istondagi voqealardan hamma to‘g‘ri xulosa chiqarishi va o‘z ishini tanqidiy qayta ko‘rib chiqishi kerakligi, xalq vakillari sifatida bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligi uchun birinchi navbatda senatorlar mas’ul ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Nukus shahrida joylashgan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 30 gektar bo‘sh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

7 Iyul

Nukus voqealaridan keyingi vaziyatni o‘rganish uchun bir guruh jurnalistlar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishdi va shahardagi bugungi hayot bilan tanishishdi. Ko‘pchilikning fikri bir xil – biz tinchlik tarafdorimiz, yuz yillarki o‘zbek va qoraqalpoq birdamlikda yashab kelgan, voqeada chetdan aralashuv yaqqol sezilib turibdi.

Ichki ishlar vazirligi ommaviy tartibsizliklar vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qanday maxsus texnikalar va qurollardan foydalanishini namoyish etdi. Bu haqdagi video IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

1 iyul kuni Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizlikni tinchitish maqsadida namoyishchilarga suvga aralashtirilgan qizil bo‘yoq sepilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Abdijan Abduvaliyev ma’lum qildi.

1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar faqat Nukus shahridagina bo‘lmagan. Xorazmlik fermer Jabborberdi Ismoilov yashab, ishlab kelayotgan Shumanay tumanida ham unga va yaqinlariga hujum qilingan.

Nukusdagi tartibsizliklar chog‘ida o‘t qo‘yib yuborilgan yuk mashinalaridan birining haydovchisi Iskandar Ikromov jurnalistlar qarshisida voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi.

Qoraqalpog‘istonda ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan namoyishlar mavzusi shu kunlarda dunyoning turli OAV va tahlilchilari tomonidan faol muhokama qilinmoqda. Va aniqki, bundan keyin ham turli rakurslarda qilingan shu kabi muhokamalar davom etaveradi.

6 Iyul

Bugun, 6 iyul kuni bir guruh jurnalistlar Nukus shahrida bo‘lib, so‘nggi voqealar tafsilotlari bilan tanishdilar. Milliy gvardiya mintaqaviy bo‘limida joriy yilning 1-2 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar haqida ma’lumot berildi.

1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusda boshlangan namoyishlar tartibsizlikka aylanib ketgandi.

5 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ko`proq yangiliklar
Top