Nukusda texnopark tashkil etiladi - prezident qarori
Nukus shahrida joylashgan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 30 gektar bo‘sh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Foto: Toshkent texnoparki
Prezident qarori bilan, maxsus sanoat zonasi 30 yil muddatga tashkil etilmoqda. Texnopark joylashgan hudud “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidan chiqariladi.
Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bo‘ladi:
- yuqori qiymatga ega, tashqi bozorda xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
- xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;
- hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish orqali eksport salohiyatini oshirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish;
- Texnopark ishtirokchilari o‘rtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatish orqali mahalliy xomashyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
- Texnopark ishtirokchilari uchun yagona ishlab chiqarish infratuzilmasini, shuningdek, sertifikatlash, laboratoriya, kadrlar tayyorlash va boshqa zarur xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish.
Texnoparkning bosh rejasi uch oy muddatda ishlab chiqilib, tasdiqlanishi zarur. Bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender yoki tanlov asosida aniqlanadi.
Iqtisodiy faol, salohiyatli ishlab chiqaruvchi korxonalarni Texnopark hududiga jalb qilishga Toshkent shahar hokimligi mas’ul deb belgilandi.
Ma’lumot uchun, mazkur qarorning loyihasi aprel oyi oxirida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nomi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 09:09
-
Rossiya noqonuniy migrantlarga o‘z holatini qonuniylashtirish muhlatini uzaytirishi mumkin
Jahon | 08:55
-
Aholi savollariga sodda va qulay javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 08:20
-
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi
Iqtisodiyot | 08:05
Mavzuga oid

07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi

12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

08:27 / 20.06.2024