Uning aytişiça, tartibsizliklarni tinçitiş maqsadida namoyişçilarga qizil böyoq sepilişidan maqsad ular orasidagi yetakçilarni ajratib olişdir. «Nega aynan qizil böyoqdan foydalaniladi?» degan savolga Milliy gvardiya vakili bu rang uzoqdan közga taşlanişi va yaqqol ajralib turişini keltirgan.

Abduvaliyevning aytişiça, 1 iyul kungi tartibsizliklarda namoyişçilarni tarqatiş uçun ham aynan qizil böyoq işlatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda namoyişlar bölib ötgan köçada qon oqayotgani, göyoki maxsus maşina qonni suv yordamida yuvayotgani iddao qilingan video tarqaldi. Keyinçalik bu qon emas, böyoq ekani, namoyişlarni tinçitişda bunday usuldan foydalaniş mavjud tajriba ekani ma’lum böldi.