Xorazmlik fermer Jabborberdi Ismoilov 23 yildan beri Qoraqalpoğistonda dehqonçilik qilişi, şu vaqtgaça oğa-inidek birga işlaşganini aytadi.

«Biz erta bahorda Şumanayga kelamiz va noyabr oylarida, hosil yiğiştirib bölinganidan söng öz uyimizga qaytamiz. 1999 yildan buyon şu zaminda dehqonçilik qilib kelamiz va biror marta bunday holat kuzatilmagandi.

Öşa yili tuğilgan nabiram 23 yoşga kirdi. Biz mahalliy aholi bilan oğa-inidek edik. Bilmadim, bu ziddiyat qayerdan paydo böldi.

Işçilarim orasida mahalliy dehqonlar bor, özim, farzandlarim, nabiralarim bilan dehqonçilik qilardik. Hamişa paxta va ğalla rejalarini bajarardik, şolidan durust hosil olib kelayotgandik», deydi u.

Fermerning hikoya qilişiça, 2 iyuldan 3 iyulga ötar keçasi uning dalasiga mahalliy yigitlardan iborat guruh hujum qilgan va atrofga öt qöygan.

«Öşa kunlari dalamiz yonidagi vagonda uxlab yotgandik. Birdan atrof kunduzdagidek yorişib ketdi. Çiqsam bir neça joyga öt ketgan, kimlardir yugurib yuribdi. Nabiramni çaqirdim va birga çiqib ular tomon bordik. Bizni körib qoçib ketişdi. Olovni amallab öçirib oldik. Lekin ular qaytib kelişdi va «Ket, yöqol yurtingga« deb haqoratli sözlar bilan baqira boşlaşdi. Ayrimlarini tanidim, mahalliy yigitlar.

Köplaşib hujum qilganlaridan keyin nabiram bir tomonga, özim qamişlar orasiga qoçdim. Kelib qamişlarni urib rosa izlaşdi. Topolmay qaytib ketişdi. Keyin borsam kombaynlarim, bir vagon içidagi 150 mln sömlik ehtiyot qismlar yonib ketibdi. Hozir hujum qilganlarni tutib kelişdi, tergov davom etyapti», – deya Jabborberdi Ismoilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.