Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov öz bayonotida jurnalistlarga bosim ötkazişning eng jirkanç usullaridan biri — internet tarmoğida uyuştirilgan tazyiq bölib qolayotganini qayd etgan.
«Odatda bunday usuldan nojoiz yoki noqonuniy işlari jurnalistik suriştiruvga tuşganlar foydalanadi.
Buning yöli oddiy: yolğon qançalik dahşatli bölsa, unga işoniş şunçalik oson. Tarmoqqa qinğir feyk joylanib, yolğonning tölaqonli tarğiboti boşlanadi. Maqsad – jurnalistlarni qörqitib, ularni xizmat vazifalarini bajarişdan boş tortişga majbur qiliş.
Qalampir.uz internet-OAV boş muharriri örinbosari Feruza Najmiddinova ham şu muammoga duç keldi. Anonim akkauntlardan past sifatdagi iflos video tarqatildi. Undagi ayol Feruza Najmiddinova deya da'vo qilinmoqda.
Tarmoqlarda bu yolğon ilib ketilib, tarqatib yuborildi, natijada jurnalistga ma'naviy ziyon yetkazildi. Şu munosabat bilan yana bir bor barça OAV vakillariga murojaat qilmoqçiman: «Birovlarning qölida qöğirçoq bölib, manipulyatsiya obektiga aylanmang, ma'lumotni tekşiring». Aksariyat hollarda jurnalist nomini obrösizlantirişning asosiy sababi oddiy — qasos böladi. Jurnalistni yomonotliq qilişdan kim manfaatdorligini öylab köring.
Hamkasblar, agar sizning ovozingizni öçirişga, nomingizni çaplaşga yoki tuhmatga qoldirişga urinişayotgan bölsa, demak, Siz töğri yöldasiz, kimgadir qattiq tegib ketgan haqiqatni yozyapsiz.
Mass-media fondi bunday holatlarga jim qarab turmaydi – biz har bir professionalning şa'ni va qadr-qimmatini himoya qilamiz.
Pastkaş insonlar doim bölgan, bundan keyin ham böladi. Ammo biz ulardan çöçimasligimiz kerak.
Feruza, biz Siz tomondamiz!» — deyiladi Allamjonovning bayonotida.
Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Gender tengligini ta'minlaş böyiça komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva ham Feruza Najmiddinovani qöllab-quvvatlab, öz Telegram kanalida videoçiqiş qildi.
«Hurmatli jurnalist va bloger opalarim, singillarim.
Sizning ötkir qalamingiz, kuçli zehningiz tahsinga sazovor. Bugungi bölgan jirkanç voqea aslo şaştingizni söndirmasin. Şantaj, böhtonlar sizni sindirib qöymasin. Men siz bilanman, men yoningizdaman. Men — Feruzaman», — degan öz çiqişida Saida Mirziyoyeva.








