Qalampir.uz sayti jurnalistiga tuhmat qilindi. Bu davlat organlari va jurnalistlarning keskin e’tiroziga sabab böldi
|06:04 / 08.08.202185 5519 min
Qalampir.uz sayti jurnalistini tahqirlovçi videomontaj qilingan lavha ijtimoiy tarmoqda jurnalistlarning haqli e’tirozlariga sabab bölmoqda.
7 avgust kuni Internetda tarqatilgan tasvirda Toşkent şahridagi köp qavatli uyning ayvonidagi şaxsi aniqlab bölmas darajada uzoqlikdan tasvirga olingan noma’lum erkak va ayol işqiy munosabati aks etgan.
Uşbu axloqsiz video ayrim şaxslar tomonidan montaj qilinib, undagi noma’lum ayol xuddiki Qalampir.uz tahririyati jurnalisti Feruza Najmiddinova sifatida talqin qilingan.
Bunga jurnalist ayol tomonidan bir kun avval — 6 avgust kuni Tashkent City’dagi restoran va qahvaxonalar Maxsus komissiya tomonidan joriy etilgan karantin qoidalariga rioya qilmasdan, soat 20:00 dan keyin ham işlayotgani, hattoki soat 22:00 da ham buyurtmalar qabul qilayotgani, yemakxonalar xörandalar bilan töla ekanligi borasida tayyorlagan reportaji sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
Qalampir.uz onlayn naşri uşbu voqea yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.
«Bugun biz istalgan odamni «şes sekund»da şarmanda qiliş, uning ustidan istalgan vaqtda mağzava ağdarib, tomoşa qilib turiş, obrösizlantiriş va şu yösinda alam oliş oson bölgan davrda yaşayapmiz. Feruza Najmiddinova ekan deb tuhmat qilinayotgan videoda ayolning yuzidan uning kimligini tanib oliş mumkin emas. Va uşbu videoga istalgan ayolning, aytaylik, amaldor ayollarning yoki amaldorlarning qizi, jiyani, ayoli suratini ham qöyib, «şunaqa iş bölibdi», deb tarqatiş mumkin va bu haqiqat bölolmaydi.
Ammo ayrim qabih niyatdagi kimsalar bir oilaning bekasi, jamiyatda va işida öz obro‘-e’tiboriga ega bölgan ayolga tuhmat qiliş orqali, «loyni şunday otginki, özi ketsa ham, izi qoladi» qabilida iş tutmoqçi bölişdi. Lekin ular maqsadlariga yeta olmadilar. Xalq öz qahramonlarini yaxşi taniydi va ularni «şes sekund»da şarmanda qiliş mumkin emas.
Mazkur holat jinsidan qat’i nazar, istalgan jurnalist bilan röy berişi, ularning şa’ni ham ana şunday toptalişi mumkinligini inobatga olsak, Özbekistonda jurnalistlarning daxlsizligi masalasi yanada dolzarb bölib borayotganini fahmlaymiz va QALAMPIR.UZ Boş muharriri örinbosari Feruza Najmiddinova bilan boğliq vaziyat buning yaqqol isbotidir»,
Mavzuga oid
— deyiladi tahririyat bayonotida.
Qalampir.uz jurnalisti özining şa’niga va obrösiga qilingan böhton yuzasidan qonuniy çora körişni sörab, Içki işlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining ma’lum qilişiça, ayni paytda murojaat böyiça tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Uning natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinadi.
Içki işlar vazirligi matbuot xizmati boşliği Şohrux Ğiyosov Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv işlari vazirlik nazoratiga olinişini öz Telegram kanalida e’lon qildi.
«Qonunçilikda yolğon axborot tarqatganlik, tuhmat, pornografik mazmundagi ma’lumotlarni tarqatiş uçun javobgarlik belgilangan bölib, unga köra şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni OAV va internet tarmoqlarida tarqatiş uçun javobgarlik mavjud ekanligini eslatib ötamiz.
Biz jurnalistlarni xolislik, oçiqlik, şaffoflik doirasidagi faoliyatini qadrlaymiz va ularni himoyasiga doimo tayyormiz», — degan Ğiyosov öz munosabatida.
Uşbu voqea yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ham rasmiy munosabat bildirdi.
«Uşbu holat ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyatiga, şu bilan birga jamiyatda faol, axborot makonida öz örniga ega jurnalist bölgan xotin-qizlarimizning şa’ni, qadr-qimmatiga salbiy ta’sir etuvçi harakat va ular faoliyatiga tahdid sifatida baholanib, holat adolatli örganilişi Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta’minlaş masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitalari tomonidan nazoratga olindi.
Örganiş natijalari yuzasidan batafsil axborot beriladi», — deyiladi Senat Axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
Jurnalistga uyuştirilgan tuhmat va uning şa’nini toptaşga qaratilgan harakat yuzasidan «Yuksaliş» umummilliy harakati ham rasmiy bayonot berdi.
Harakat jamoasi jurnalistning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitib, uning kasbiy faoliyatiga tösqinlik qilmoqçi bölgan şaxslarning harakatlarini qoralagan va huquqni muhofaza qiliş organlarini huquqbuzarlarga nisbatan tegişli çoralar körişga çaqirgan.
«Provokatsion va tuhmat xarakterga ega videoning qasddan tarqatilişi huquq va axloq normalariga, davlat rahbarining söz erkinligini ta’minlaşga va ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy faoliyatini himoya qilişga qaratilgan siyosatiga zid.
OAV vakillari islohotlar mazmun-mohiyatini, jamiyatda mavjud muammolar va kamçiliklarni yoritişga, axborotlarni voqea joyidan xolis uzatişga, öz jurnalistik tekşiruvlarini ötkazişga va samarali jamoatçilik nazoratini amalga oşirişga intilib kelmoqda. Albatta, bu oçiqlik va oşkoralik siyosati hammaga ham yoqmaydi. Ayrimlar OAVga turli «usullar» bilan bosim ötkazişga, tahdid qilişga, ba’zan böhton, yolğonlardan foydalanişga harakat qiliş holatlari uçramoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimizda OAV sohasida sezilarli özgarişlar yuz berdi. Jurnalistlar va blogerlar har tomonlama qöllab-quvvatlanişi haqida bir neça bor yuqori minbardan ta’kidlandi. Söz erkinligi va oçiqlik islohotlar kun tartibining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida e’lon qilingan Özbekistonda, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralaşiş, jurnalist, şaxsning şa’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiliş mumkin emas!» — deyiladi «Yuksaliş» umummilliy harakati munosabatida.
Rasmiy bayonot
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham bölib ötgan voqea yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.
«Agentlik uşbu jurnalistning odob-axloqi, ta’lim-tarbiyasidan yaqindan xabari bor taşkilot sifatida bu bayonotni töliq qöllab-quvvatlaydi.
Agentlik OAV vakillari şaxsini obrösizlantiriş, jurnalistlar faoliyatiga qinğir va noqonuniy yöllar bilan daxl qilişga bölgan urinişlarni keskin qoralaydi.
AOKA Qalampir.uz internet-naşri jurnalistining yuksak fuqarolik burçi va aholi orasidagi dolzarb muammolarni yoritişdagi faolligini qöllab-quvvatlaydi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan mazkur voqelikka tegişli huquqiy baho berilişiga, aybdorlarga qonuniy çora körilişiga işonadi», — deyiladi AOKA bayonotida.
Özbekiston jurnalistlari uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov bu tuhmat yangilanayotgan jamiyatimiz uçun juda yomon «signal» bölganini ta’kidlagan.
«Prezidentimiz tomonidan inson qadr-qimmati, şa’ni, xususan, ayol obro‘-e’tibori borasida mislsiz işlar amalga oşirildi. Bu qilmiş esa ana şu islohotlarga soya solmoqçi böldi. Qolaversa, qabihlikka asoslangan bunday videolavhalarning tarqatilişi har bir ayolni, xususan, öz kasbini bajarayotgan har bir soha vakilini tahlikaga solişi, şubhasiz.
Birinçidan, tarqatilgan böhtonomuz videolavha Internet tarmoği orqali millionlab insonlarga yetib bordi. Ikkinçidan, gap ayol, suyukli rafiqa, kelin haqida boryapti. Nazarimizda, videolavhani tarqatganlar masalaning ana şu jihatini unutgan körinişadi. Şu bois bu xatti-harakatni barça jurnalist kasbini egallagan ayollarga ham tahdid deb bilamiz. Bu qilmiş, albatta, huquqni himoya qiluvçi idoralar tomonidan tekşiriladi. Bunday vaziyatda biz qalam ahli - jurnalistlar, blogerlar adolat tantanasi yölida birlaşmoğimiz lozim.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi jamiyat manfaatlari yölida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarga, birinçi navbatda, uyuşma a’zolariga nisbatan har qanday tazyiq, tahdid va bu kabi tubanliklarni keskin qoralaydi..
Biz barça kasbdoşlarimizni jurnalistlarga nisbatan har qanday ta’qib va tahdidlar, tubanliklarga qarşi birdam va hamjihat bölib kuraşişga çaqiramiz. Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasidan mazkur masalani öz nazoratiga olişini söraymiz», — deyiladi Olimjon Ösarovning bayonotida.