2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xorijdan olib kelinadigan tovarlarga nisbatan yagona bojxona toʻlovi pasaytiriladi.
Maʼlumki, jismoniy shaxslar Oʻzbekiston hududiga kirayotganda shaxsiy ehtiyojlari uchun oʻzi bilan olib kelayotgan tovarlar qiymati bojsiz olib kirish normasidan oshgan taqdirda, tovar qiymatining normadan ortiq qismiga yagona bojxona toʻlovi undiriladi. Hozirda bu toʻlov – tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogramm uchun 3 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etadi.
27-avgust kuni imzolangan prezident binoan, 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran yagona bojxona toʻlovi stavkasi pasaytirilib, tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz, lekin har bir kilogrammi uchun 2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-iyundan eʼtiboran jismoniy shaxslar notijorat maqsadlarda olib kiradigan tovarlar boʻyicha yagona bojxona toʻlovi toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona yigʻimlaridan kam boʻlsa, ushbu yigʻimlar undirilmaydi.
Bojsiz olib kirish normalari
2025-yil 1-maydan eʼtiboran, jismoniy shaxslarning bojsiz tovar olib kirish normalari kichraytirilib, quyidagicha belgilangan edi:
- havo transportida – 1000 dollar (muqaddam 2000 dollar edi);
- temiryoʻl va daryo transportida – 500 dollar (muqaddam 1000 dollar edi);
- avtomobil (piyoda) oʻtkazish punktlari orqali – 300 dollar (oʻzgarmagan);
- xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali – bir oyda 200 dollar (muqaddam bir chorakda 1000 dollar edi);
- xalqaro pochta joʻnatmalari orqali – 100 dollar (oʻzgarmagan).
Tovar qiymati bojsiz normadan ortiq boʻlganda, ortiqcha qismi uchun yuqorida koʻrsatilgan stavkada yagona bojxona toʻlovi undiriladi. Masalan, samolyotda keluvchilar 1200 dollarlik iPhone uchun 1000 dollarlik limitdan oshgan qismi – 200 dollardan kelib chiqqan holda yagona bojxona toʻlovini toʻlaydi. Hozirgi stavka boʻyicha toʻlov 60 dollar ($200×30%) chiqadi, kelasi yilda esa 40 dollar ($200×20%).
Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 20-iyuldan kuchga kirgan cheklovga koʻra, temiryoʻl va daryo transportida hamda avtomobil oʻtkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat boʻlganda, havo transportida keluvchilar esa xorijda 3 kundan kam muddat boʻlganda,







