Özbekistonda istiqlolçilik harakatiga bağişlangan yangi kitob naşrdan çiqdi. “Farğona vodiysidagi istiqlolçilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlaniş bosqiçlari” Kitob Toşkentdagi “Yangi naşr” matbaa uyida 2 ming nusxada çop etildi.

Kitob muallifi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov ayni kunlarda Fanlar Akademiyasi Tarix institutining “Özbekistonning sovet davri tarixi” bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritmoqda. U sovet tarixçiligida qöllangan “bosmaçi” istilohi örniga “istiqlolçi” atamasini joriy qilgan birinçi tadqiqotçilardan biri hisoblanadi.

“Farğona vodiysidagi istiqlolçilik harakati” uşbu mavzuda oxirgi 17 yil içida çop etilgan birinçi ilmiy monografiya bölgani ta'kidlanmoqda. Şu bilan birga, bu davr içida mazkur mavzu yuzasidan boşqa turdagi ilmiy va ilmiy-ommabop materiallar yaratib kelindi.

Kitobdagi asosiy yangiliklardan biri unda istiqlolçilik harakatining barça közga köringan vakillari, katta-kiçik guruhlarga boşçilik qilgan qömondonlar, qörboşilar va ponsodlarning töliq röyxati keltirilganidir.

Ma'lumot uçun, 1918 yilda Turkiston ziyolilari va siyosatçilarining qonuniy yöl bilan mustaqil davlat yaratişga bölgan harakati qurol kuçi bilan bostirilib, 72 kun umr körgan Turkiston muxtoriyati (Qöqon muxtoriyati) tugatilgaç, milliy hukumatning ayrim sobiq a'zolari hamda boşqa siyosiy guruhlar vakillari kiçik qurollangan guruhlar taşkil eta boşladi. Sovet tarixçiligi va siyosiy ritorikasida “bosmaçilar” deb atalgan bu harakat a'zolari sekin-asta yirik guruhlarga birlaşa boşladi. Önlab yillar davom etgan qurolli kuraşdan söng uşbu harakat sovet hukumati tomonidan yöq qilindi.

Istiqlolçilik harakatining eng maşhur vakillari Farğona vodiysida Kiçik Ergaş, Madaminbek, Şermuhammadbek, Xorazmda Junaydxon, Buxoroda Anvar poşşo, Şarqiy Buxoro va Afğonistonda (bugungi Tojikiston hududi) Ibrohimbek Laqay böldilar.

Muallif: Eldor Asanov