10-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Gurjiston prezidenti Mixail Kavelaşvili bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda Özbekiston va Gurjiston örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Xususan, joriy yilning 2–3-iyul kunlari Şavkat Mirziyoyevning Gurjistonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanişiça, sönggi vaqtlarda ikki mamlakat parlamentlari, vazirliklari, idoralari va işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalar faollaşgan.

Şuningdek, özaro tovar ayirboşlaş hajmi va qöşma korxonalar soni izçil ortib bormoqda. Özbekistonda gruziyalik investorlar iştirokida taşkil etilgan raqamli bank ham faoliyat yuritmoqda.
Uçraşuvda savdo hajmini yanada oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, turizmni rivojlantiriş va transport-tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb etiş hamda uşbu yönalişlarda muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhimligi taʼkidlandi.













