10-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahriga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Jahon meteorologiya taşkiloti boş kotibi Selesta Saulo bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda iqlim özgarişini monitoring qiliş, xavfli ob-havo hodisalariga bardoşlilikni oşiriş hamda ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston va JMT örtasida gidrometeorologiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, ob-havoni kuzatiş tizimlarini takomillaştiriş va maʼlumot almaşiş yönalişlarida köp yillik hamkorlik yölga qöyilgan.
Muzokaralarda atmosfera holatini kuzatiş, qum va çang böronlarini oldindan prognoz qiliş hamda havo sifatini taʼminlaş sohalarida şeriklikni yanada mustahkamlaş muhimligi taʼkidlandi.

Şuningdek, ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlariga qarşi bardoşlilikni oşiriş va iqlim özgarişi bilan boğliq xavflarni kamaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar iqlim sohasidagi ustuvor yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni kengaytiriş va qöşma taşabbuslarni hayotga tatbiq etişga tayyor ekanini bildirdi.














