12 noyabr kuni Özbekiston Yozuvçilar Uyuşmasida Özbekiston xalq şoiri Zokirjon Xolmuhammad öğli Habibiy (1890-1980) tavalludining 125 yilligi nişonlandi. Unda taniqli olim va şoirlar, adabiyotşunoslar, maşhur san'atkorlar iştirok etdilar.
“Nazm va navo keçasi” deb nomlangan yiğilişni Yozuvçilar uyuşmasi raisi Özbekiston Xalq yozuvçisi Muhammad Ali olib bordi. Keçada xalq şoirlari Tölan Nizom, Anvar Obidjon, Tursunboy Adaşboyev, professor Naim Karimov, adiba Olmos Ğulomova va boşqalar sözga çiqib, Habibiy domlaning özbek adabiyoti va madaniyati tarixida tutgan örni töğrisida gapirdilar. Şuningdek, yiğilişda Özbekiston san'at arbobi Temur Mahmudov boşçiligidagi san'atkorlar Habibiy ğazallari bilan kuy-aşulalar ijro etdilar. Tadbir qatnaşçilariga Habibiy domla hayotidan hikoya qiluvçi “Mavlono Habibiy lutflari” nomli kitobça taqdim etildi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston radiosi oltin fondida şoir Habibiyning 200 dan ortiq qöşiqlari saqlanmoqda. Bulardan eng maşhurlari: “Diyorimsan”, “Farğona ruboiysi”, “Bölmasa”, “Yaxşiroq”, “Nima bölding” va boşqalardir.
Iskandar Madğoziyev, ÖzMU talabasi.






