Surxondaryo viloyatida bugungi kunda 2 mln 358 ming 778 kişi istiqomat qilib kelmoqda. 2014 yil yakunlariga köra mintaqada 40ta şifoxona, 280 ambulator poliklinika, xususan, 245ta qişloq vraçlik punktlari işlayotgan edi.
Ayni paytda şifoxonalar soni 38tagaça qisqardi. Jumladan, Denovdagi teri-tanosil dispanseri (30 örinli), hamda Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi Termiz filiali (140 örinli) yopilib ketdi.
Şu bilan bir qatorda, joriy yilda 2 ambulator poliklinika berkildi. Xususan, Muzrobod va Uzun tumanlaridagi köp ixtisosli markaziy poliklinikalarning yuridik maqomi bekor qilindi. Telegraf.uz resursining yozişiça,
2014 yilda “Jayraxona” fizioterapevtik şifoxonasi hamda “Vandob” sanatoriysi tölaligiça öz-özini moliyalaştirişga ötkazilib, davlat unitar korxonalariga aylantirildi. Joriy yilda tibbiy muassasalarda davolanişga möljallangan örinlar soni mintaqada 7 315tadir. Har 10 ming kişiga 31ta örin töğri kelmoqda.






