1963 yil, 28 aprelda tavallud topgan Özbekiston Xalq artisti Zulayho Boyxonova Mamajonovna 1980 yilda örta maktabni tamomlab, hujjatlarini (1981 yilda) Mannon Uyğur nomidagi Toşkent teatr va rassomçilik instituti (musiqali drama)ga topşirdi.
1986 yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlagan aktrisa ijodiy faoliyatini Muqimiy nomidagi Özbek Davlat musiqali drama teatridan boşlab, sahnada “Maşrab” spektaklida Ofoqoy, “Alpomişning qaytişi”da Barçin, “Quduq tubidagi faryod” sahna asarida Toşbuvi, Şuningdek, Nodirabegim (“Nodirabegim”), Fotima (“Fotima va Zuhra”), Oyjamol (“Taqdir”), singil (“Aka-uka sovçilar”) kabi bir qator boş rollarni ijro etdi.
Betakror ijrosi va rollari bilan teatr san'atiga qöşgan hissasi uçun aktrisa 1996 yilda Özbekistonda xizmat körsatgan artist, 2003 yilda esa Özbekiston Xalq artisti unvoniga loyiq deb topildi.
2005 yilda Zulayho Boyxonova “Sahnamiz fariştasi” nominatsiyasi böyiça Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan taqdirlandi.
2011 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeniga sazovor böldi.
Ayni damda aktrisa va xonanda Zulayho Boyxonova Özbekiston Xalq artisti Abduxoşim Ismoilov rahbarligidagi «Ofarin» milliy ansamblida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritmoqda.
Bugungaça “Na qilay”, “Sarob”, “Xay-xay”, “Alla”, “Bölmasa”, “Sevasanmi”, “Raşk”, ”Sen bahorni soğinmadingmu?” kabi qöşiqlar xonandaning ijodiy repertuarini böyitib kelmoqda.
Ayni damda tavallud ayyomini oilasi davrasida nişonlayotgan Zulayho Boyxonovaga Kun.uz sayti xodimlari soğlik, omad va ijodiy parvozlar tilab qoladi!







