Özbekiston mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari Koreya Respublikasida ötkazilgan Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik musobaqasida munosib iştirok etdi.

Uşbu nufuzli musobaqada AQŞ, Ozarboyjon, Avstraliya, Polşa kabi jami 7 ta mamlakatning 12 ta jamoasidan 500 nafarga yaqin iştirokçi özaro kuç sinaşdi. Bu jarayonlarni Turkiya, Meksika, Filippin, Malayziya singari 8 ta davlat harbiylari kuzatib bordi.

2023-yildan buyon ötkazib kelinayotgan mazkur musobaqaning bu yilgi bosqiçida dastlab iştirokçilar toğli, örmonli, şahar hududlarida jang olib boriş şartlarini bajargan. Söngra bir vaqtning özida har uçala hudud şaroitida jang olib boriş bosqiçida kuç sinaşgan.

«Har qanday mutaxassisdan katta tajriba va mahorat talab etadigan şartlar Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari uçun qiyinçilik tuğdirmadi. Ular turli yönalişlarda rekord natijalarni qayd etdi. Xususan, harbiylarimiz toğli hududda mudofaada turgan şartli duşman kuçlarini talafotlarsiz töliq yakson qilib, 7 ta bayroqni qölga kiritdi. Şu kunga qadar heç bir jamoa bunday natijani qayd etmagan», – deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

photo_2026-09-20_11-02-39 (2)
photo_2026-09-20_11-02-40 (2)
photo_2026-09-20_11-02-40 (3)
photo_2026-09-20_11-02-40 (4)

Şahar şaroitida jang olib boriş şartida ham mudofaalanayotgan şartli duşmanga hujum uyuştirib, barça obyektlarni va 7 ta bayroqni qölga kiritdi. Bu muvaffaqiyat ham avval heç bir jamoa tomonidan erişilmagan. 

Şuningdek, özbekistonlik harbiylar jamoasi şahar şaroitida jang olib borişda mudofaa obyektlarini uşlab turiş böyiça heç bir jangçini yöqotmagan holda 7 ta obyekt va barça bayroqlarni qölga kiritib, rekordni yangilagan.

photo_2026-09-20_11-02-40
photo_2026-09-20_11-09-31

Yakunda umumiy hisobda 316 ball bilan Özbekiston jamoasi 1-örinni egallagan. 212 ball töplagan Kamboja 2-örinni, 192 ballga ega bölgan mezbon Koreya jamoasi 3-örinni qölga kiritgan.