Özbekiston Mudofaa vazirligi mamlakat öz xavfsizligini ta’minlaş uçun yetarli darajada Qurolli Kuçlarga ega ekani keltirib ötilgan postni e’lon qildi. Vazirlik matbuot kotibi Otabek Yuldaşev öz Telegram-kanalida Özbekiston Konstitutsiyasining 153-moddasidan iqtibos keltirgan: «Özbekiston Respublikasi öz xavfsizligini ta’minlaş uçun yetarli darajada Qurolli Kuçlariga ega».

«Gazeta.uz»ning bunday bayonot nima bilan boğliq ekani töğrisidagi savoliga Otabek Yuldaşev Mudofaa vazirligining media markazi şu tarzda Özbekiston Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 32 yilligiga tayyorgarlik körayotgani, kelgusida Qurolli Kuçlar faoliyatining huquqiy asoslari haqida yana bir qança postlar çiqarilişi rejalaştirilayotganini aytgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston 2017 yilda Mudofaa doktrinasini yangilagan. Mazkur hujjatga köra, Özbekiston Mudofaa doktrinasi mudofaa xarakteriga ega.

«Özbekiston Respublikasi heç bir davlatni özining duşmani deb hisoblamaydi va barça mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, özaro naf köriş, teng huquqlilik hamda boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, barça nizoli masalalarni tinç vositalar va muzokaralar yöli bilan hal qiliş, davlatlararo şakllangan çegaralarning buzilmasligi va özgarmasligini tan oliş asosida quradi», deyiladi doktrinada.

Hujjatda globallaşuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi özgarib borayotgan şaroitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar kölami kengayib borayotgani qayd etilgan.

«Bu omillar harbiy kuç işlatişni talab qilişi mumkin. Bunday şaroitda davlatning mudofaa salohiyati harbiy sohada milliy xavfsizlikka bölgan tahdidlarni jilovlaş, neytrallaştiriş va tugatişning asosiy vositalaridan biri bölib qoladi», deyiladi hujjatda.

 

Vazirlikning bu posti rossiyalik siyosatçi Zaxar Prilepinning Özbekistonni Rossiyaga qöşib oliş haqidagi sözlaridan söng Rossiya elçisi Özbekiston TIVga çaqirilişi fonida e’lon qilindi.