Marğilon şahridagi Çorçinor mahallasi Bozortagi köçasidagi xonadonlardan birida şirmonpaz novvoy Anvarjon Qosimov qariyb 55 yildirki şirmoy non yopadi. Marğilon “brendi” yopilişi tong sahardan boşlanadi...

“Tabiatan oddiylikni xuş köraman. Şuning uçun bölsa kerak novvoyxonamga ortiqça bezak berilmagan. Marğilon şahri markazidagi şirmoypazlik mahallasida şogird bölib yurib, öşa yerda novvoyçilikni örgangandim. Şirmoy non maxsus xamirturişdan tayyorlanadi. Tarkibiga biror bir ximikat qöşilmaydi.

Törtburçak şirmoy non faqat Marğilon şahrida tayyorlanib, mahsulot qandli diabet kasaliga davo hisoblanadi. Şirmoy non tarkibidagi xamirturiş 24 soatda tayyor holga keladi. Bu non möjizaning özginasi. Faqat uni tayyorlaş uçun mehnat talab etiladi, xolos.

Nonni qandli diabetga çalinganlar olib ketişyapti. Qiziq jihati, buyurtma berganlar uçun non tandirga yopilgandan söng u pişsa ham atay uzmaymiz. Tandir bağridagi nonlar bir sutkadan keyin özi tökila boşlaydi. Ana şu non iste’mol qilinsa xuddi şakar solingandek ajib ta’mga kiradi. Xamir tarkibiga şakar solmasak ham, u tabiiy şirin ta’m beradi. Uni Toşkent va Qöqon şahriga olib ketişyapti...

Tayyorlanişi
Xamir tarkibiga arpabodiyon, nöxatning quritilgani va un solinadi. Nöxat maydalanadi. Mis idişda arpabodiyon 40 daqiqa qaynatiladi. Ana undan keyin maydalangan nöxat mis idişga solinadi. 24 soatda xuddi muzqaymoqdek bölib xamirturiş tayyor böladi. Xamirturuş yasab oliş jarayoni öta murakkab. Şirmoy non xamiri pokizalikni xuş köradi.

Şirmoy non yopişni 1969 yilda örgandim. Davlat işida işlab pensiyaga çiqdim. Şunday bölsa-da, doim harakatdaman. Yoşligimda bir kunda 50 kg undan şirmoy non yopardim. Endi esa bu raqam 25 kg.ga tuşdi.










