«Nima dard?» podkastining navbatdagi mehmoni, yöl qurilişi böyiça mutaxassis Ziyodulla Bahromov Özbekiston yöllarining asosiy muammolari, eski meyorlar, quriliş madaniyati, yangi texnologiyalar va yöllarni qayta-qayta taʼmirlaş örniga ularning xizmat muddatini uzaytiriş imkoniyatlari haqida gapirdi.

Yöl - faqat asfalt emas

Odatda yölning sifati haqida gap ketganda, odamlar uning közga körinadigan qismi - asfalt qoplamasiga qaraydi. Yöl tekis bölsa - yaxşi, çuqur yoki tölqinlar paydo bölsa - sifatsiz qurilgan, degan xulosaga kelinadi.

Ziyodulla Bahromovga köra, aslida yöl ança murakkab muhandislik inşooti. U tuproqdan boşlanib, bir neçta asos va qoplama qatlamlaridan taşkil topadi. Şuning uçun yuqori qatlamni yangilaşning özi muammoni hal qilmasligi mumkin.

«Agar yöl asosini töğri tanlasak, ustki qatlamini töğrilab qöyiş mumkin. Agar asos notöğri tanlangan bölsa, ustini töğrilab qöysak, özimizni özimiz aldagan bölamiz. Maʼlum vaqtdan keyin u baribir buziladi», - deydi mutaxassis.

Uning tuşuntirişiça, svetoforlar yaqinida asfaltning tölqinsimon bölib qolişi yoki yölda böylama va köndalang deformatsiyalar paydo bölişi ham faqat ustki qoplama bilan boğliq emas.

Şu sababli har bir yölga bir xil, tayyor qolip asosida yondaşiş notöğri. Yölning vazifasi, undan ötadigan transport intensivligi, oğir yuk maşinalari soni, tuproq va iqlim şaroiti hisobga olinişi kerak.

Bitta yuk maşinasining taʼsiri minglab yengil maşinalarga teng bölişi mumkin

Özbekiston iqtisodiyoti ösgani sari transport harakati ham köpaymoqda. Işlab çiqariş hajmining ortişi xomaşyo va tovarlarni taşiş, odamlarning harakatlanişi va oğir yuk transportlarining qatnovi köpayişini anglatadi.

Bahromovning taʼkidlaşiça, infratuzilmadagi özgarişlar iqtisodiyotdagi ösiş surʼatiga hamişa ham yetib bormayapti.

Bu yerda oğir transport alohida ahamiyatga ega. Mutaxassis suhbatda bitta katta yuk maşinasining yölga tuşiradigan yuki juda köp yengil avtomobillar taʼsiriga teng kelişi mumkinligini taʼkidlaydi.

Şuning uçun yölni faqat bugungi transport oqimi uçun emas, kelajakdagi yuklama va iqtisodiy ösişni hisobga olgan holda loyihalaş muhim.