Kun.uz ixtiyoriga Xorazm viloyati Qöşköpir tumanidagi 19-maktab öquvçilari şoli örimiga olib çiqilgani aks etgan video kelib tuşdi. Uni yuborgan fuqaro öquvçilar maktab direktori tomonidan majburan dalaga olib çiqilganini aytadi.
Ma’lum bölişiça, holat Qöşköpir tuman prokuraturasi va tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi hamkorligida örganilgan.
Davlat mehnat huquq inspektorining xulosa qilişiça, maktabning 9A-sinf öquvçilari A.Qöçqarov, B.Şavkatov, A.Otaboyev va B.Otaboyevlar tumandagi “Ibrohim baliqçi” fermer xöjaligiga tegişli bölgan şoli dalasida dars maşğulotlaridan söng, fermer xöjalik rahbari K.Xudayberganovning taklifiga asosan, ma’lum bir haq evaziga, dalada örilgan şolini töplaş işlarini bajarişgan.
Maktab direktori tomonidan voyaga yetmagan öquvçilarni majburiy mehnatga jalb qilingani holati öz tasdiğini topmagan. Öquvçilarning yoşini inobatga olmasdan, mehnat qilişga yöl qöyib bergan fermer xöjaligi rahbarining harakatlariga huquqiy baho berilişi aytilgan.
Kun.uz'da mavjud ma’lumotga köra, Qöşköpir tumanidagi 19-maktabga Xudoyberganov Anvar Quronboyeviç rahbarlik qiladi.
Bolalar mehnatga jalb etilgan “Ibrohim baliqçi” fermer xöjaligiga esa, korxona va taşkilotlar reyestriga köra, Xudayberganov Rustam Quranbayeviç rahbarlik qiladi.

Qolaversa, Kun.uz ixtiyorida mavjud videoda, şoli dalasida yurgan öquvçilar: “Darsdan çiqib keldik , maktab direktori Anvar oğa yubordi”, deyişadi.
Rasmiy munosabatda 4 nafar bola dalaga çiqqani aytiladi. Ammo videoda ular 10 nafarga yaqin bölganini köriş mumkin.
Özbekiston konstitutsiyasiga asosan, mamlakatda bolalar mehnatining bolaning soğliğiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan uning ta’lim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday şakllari taqiqlangan.












